Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Pablo Barrios Yevropaning bir qator top-klublari e’tiboriga tushgan.
Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. «Ko‘klar» bu transferda Fransiyaning «PSJ» klubini ortda qoldirishni maqsad qilgan.
Avvalroq parijliklar bosh murabbiy Luis Enrikening tashabbusi bilan Barriosni sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Chelsi» esa ispaniyalik futbolchining transferi uchun 100 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda.
Shuningdek, Pablo Barriosning o‘yinlarini «Liverpul» va «Arsenal» klublari ham kuzatib bormoqda.
23 yoshli markaziy yarim himoyachi 2023 yil yanvar oyidan buyon «Atletiko» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.













