Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

La Liga. "Atletiko" 87-daqiqadagi gol evaziga "Alaves"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan "Alaves" va Madridning "Atletiko" klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

10 oktyabr kuni Ispaniyaning Vitoriya shahridagi "Mendisorrosa" stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvni bosh hakam Alexandro Kintero Gonsales boshqarib bordi.

O‘yinning 33-daqiqasida "Atletiko" himoyachisi Alexandro Grimaldo hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan oltinchi daqiqada "Alaves" hujumchisi Lukas Boye gol urib, muvozanatni tikladi.

61-daqiqada mezbonlar himoyachisi Anxel Peres qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Shu tariqa, "Alaves" uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.

87-daqiqada "Atletiko" himoyachisi Kristian Romero raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

La Liga. 8-tur

"Alaves" — "Atletiko" 1:2

Gollar: Lukas Boye (45+6) — Alexandro Grimaldo (33), Kristian Romero (87).

Chetlatish: Anxel Peres (61, "Alaves").

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Atletiko" sakkizta o‘yinda 19 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Alaves" esa 11 ochko bilan oltinchi pog‘onada joylashgan.

Madridliklar navbatdagi uchrashuvini 17 oktyabr kuni safarda "Espanyol"ga qarshi o‘tkazadi.

"Alaves" esa 18 oktyabr kuni "Selta" bilan to‘qnash keladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:19, 10.10.2026.
O'qildi: 1380 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик