«Xetafe» Ispaniya chempionatining navbatdagi uchrashuvida «Barselona»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Madridliklar bosh murabbiyi Bordalas Ispaniya chempionatida bosh murabbiy sifatidagi 868-uchrashuvini o‘tkazdi. Bu hisob-kitobda faqat oliy divizion emas, balki Ispaniya futbolining barcha ligalaridagi o‘yinlar inobatga olingan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Bordalas afsonaviy Luis Aragonesdan o‘zib ketdi.
Shu bilan birga, bu rekord muayyan ma’noda nisbiy ekanini ta’kidlash lozim. Bordalas faqat Ispaniyaning oliy divizioni — La Liga klublarini boshqarib o‘tkazgan uchrashuvlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda emas.
Eslatib o‘tamiz, Bordalas murabbiylik faoliyatini 1993 yilda boshlagan.













