«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining oltinchi turida safarda «Liverpul»ni mag‘lub etdi. Uchrashuvda ikkinchi gol muallifi bo‘lgan Jeremi Doku o‘z muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.
«Biz juda xursandmiz, chunki bu yerda o‘ynash qanchalik qiyinligini bilamiz. O‘yin boshidanoq juda keskin kechdi. G‘alaba qozonganimizdan barchamiz xursandmiz. «Enfild»dagi uchrashuvlar doimo yuqori keskinlikda o‘tadi. Bu yerda har doim juda qiyin va shiddatli o‘yinlarda ishtirok etishimga to‘g‘ri kelgan. Biz aynan shunday bo‘lishini kutgandik. Jamoam bilan faxrlanaman, biz bu vazifani a’lo darajada uddaladik», — deya Dokunung so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» Angliya chempionatining dastlabki oltita uchrashuvida ham g‘alaba qozondi.













