«Manchester Siti» Angliya chempionatining oltinchi turida safarda «Liverpul»ni 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv haqida birinchi gol muallifi Erling Xoland o‘z fikrlarini bildirdi.
«Manchester Siti» bilan bog‘liq bo‘lgan har bir inson va barcha muxlislar uchun bu uzoq vaqt xotiramizda qoladigan ajoyib lahza. O‘yin oson kechmadi, qiyinchiliklarga duch keldik, ammo himoyadan tortib hujumgacha barcha yo‘nalishlarda ajoyib xarakter ko‘rsatdik. Har birimiz bilan faxrlanaman», — deya Erling Xolandning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» hozircha Angliya chempionatida birorta ham ochko yo‘qotmagan. Jamoa APLda o‘tkazgan barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozongan.













