Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemning kelajagi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Lineker hamyurti futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biriga aylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Ha, albatta. Men bu haqda anchadan buyon gapirib kelaman. Agar u jiddiy jarohatlardan saqlansa va to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmasa, bunga erishishi mumkin. Uning o‘z yo‘lidan adashmasligiga ishonaman.
Bellingem aqlbovar qilmas darajada iqtidorli futbolchi. Unda buyuk o‘yinchi bo‘lish uchun barcha zarur sifatlar mujassam. U haqiqiy superyulduz», — dedi Lineker Track Radio efirida.
23 yoshli Jud Bellingem joriy mavsumda «Real» safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













