«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jarohatidan tiklanish jarayonini yakunlayotgan Frenki De Yongni yangi pozisiyada sinab ko‘rmoqda.
Jurnalist Santi Ovalyening xabar berishicha, kataloniyaliklarning so‘nggi mashg‘ulotlarida germaniyalik mutaxassis 29 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachini markaziy himoyachi sifatida sinovdan o‘tkazgan.
De Yong uchun ushbu pozisiya mutlaqo begona emas. U «Ayaks»dagi faoliyati davomida ham markaziy himoyada harakat qilgan. Biroq so‘nggi yillarda futbolchi bu pozisiyada kamdan-kam maydonga tushgan.
13 oktyabr, seshanba kuni «Barselona» UEFA Chempionlar ligasi doirasida safarda «Galatasaroy»ga qarshi bahs olib boradi.
Kutilishicha, Frenki De Yong jamoaning navbatdagi La Liga uchrashuvida qaydnomaga qaytadi. Kataloniyaliklar 17 oktyabr, shanba kuni Ispaniya chempionati doirasida «Betis» mehmoni bo‘ladi.













