«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virs Angliya Premyer-ligasining boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Mark Brus xabar bermoqda.
«Chelsi» futbolchini kuzatishda davom etmoqda. Agar «Liverpul» Virs bilan xayrlashishga qaror qilsa, London klubi uni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.
Florian Virs 2025 yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Germaniyalik futbolchi «Bayer»dan ko‘chib o‘tgan.
«Chelsi»ga Xabi Alonso ustozlik qilmoqda. Avvalroq Florian Virs Germaniya jamoasida aynan shu murabbiy qo‘l ostida to‘p surgan.













