«Barselona» prezidenti Joan Laporta Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa namoyish etayotgan futboldan juda mamnun.
«Barselona» Yevropada va jahonda eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda! Biz tomoshabop futbol ko‘rsatyapmiz. Odamlarga yoqadigan, zavq bag‘ishlaydigan futbol namoyish etyapmiz. Futbol muxlislari va «Barselona» ishqibozlari bizning o‘yin uslubimizdan zavq olishmoqda», — deya Laportaning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.
Seshanba kuni «Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida safarda «Galatasaroy»ga qarshi maydonga tushadi. Istanbuldagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













