"Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skott faoliyatini Londonning "Chelsi" klubida davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, "ko‘klar" 23 yoshli futbolchini yanvar oyidagi transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olishiga ishonmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Bornmut" o‘z yarim himoyachisini 118 million yevroga baholamoqda. "Chelsi" esa ushbu moliyaviy talabni qondirishga tayyor.
Agar transfer amalga oshsa, Aleks Skottning sotilishi "Bornmut" tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.
Shu bilan birga, "olchalar" rahbariyati futbolchini qishki transferlar oynasida qo‘yib yuborishni istamayotgani ta’kidlanmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli Skott barcha musobaqalar doirasida oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatma qayd etdi.
Angliyalik yarim himoyachining "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.













