Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Keyn: «Chempionlar ligasi — biz uchun eng oliy maqsad»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn UYEFAga bergan intervyusida jamoasining joriy mavsumdagi maqsadlari, Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari va muvaffaqiyatga erishish uchun zarur omillar haqida fikr bildirdi.

Angliyalik futbolchi Chempionlar ligasida g‘olib chiqish «Bavariya» uchun hamisha ustuvor vazifa bo‘lib kelganini ta’kidladi.

«O‘tgan mavsumda Germaniyada uchta sovrinni qo‘lga kiritdik. Shu jihatdan bu biz uchun juda o‘ziga xos mavsum bo‘ldi. Biroq Chempionlar ligasida g‘olib chiqish hamisha eng oliy maqsad bo‘lib qolaveradi. Bu klub uchun ham, shaxsan men uchun ham asosiy vazifa», — dedi Keyn.

«Bavariya»ning imkoniyatlari haqida

33 yoshli hujumchi myunxenliklar joriy mavsumni yaxshi imkoniyatlar bilan boshlaganini qayd etdi. Uning fikricha, futbolchilarning bosh murabbiy Vensan Kompani qo‘l ostida yetarlicha tajriba to‘plagani va tarkibning yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirilgani jamoa uchun muhim ustunlik hisoblanadi.

«Menimcha, bu mavsum boshida bizda ajoyib imkoniyatlar bor. Ko‘plab futbolchilar anchadan buyon Vensan Kompani qo‘l ostida ishlab kelmoqda. Bundan tashqari, tarkibimizga bir nechta ajoyib yangi futbolchilarni qo‘shib oldik», — dedi angliyalik hujumchi.

«Hal qiluvchi vaziyatlarda yanada yaxshiroq harakat qilishimiz kerak»

Keyn «Bavariya»ning asosiy ustunliklaridan biri hujumdagi yuqori samaradorlik ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonish uchun hal qiluvchi vaziyatlardagi kichik tafsilotlar ham muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

«Hozirgi asosiy vazifamiz — Chempionlar ligasining umumiy bosqichini imkon qadar yuqori o‘rinda yakunlash.

Men kelajakka ishonch bilan qarayman. So‘nggi yillarda har qanday raqib uchun juda xavfli jamoa bo‘la olishimizni isbotladik. O‘tgan mavsumda jamoamiz tomonidan urilgan gollar soni ham rekord darajada bo‘ldi.

Endi shu samaradorlikni saqlab qolishimiz va hal qiluvchi vaziyatlarda yana biroz yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. Balki ayrim qarorlar bizning foydamizga qabul qilinar. Aynan shunday kichik tafsilotlar katta farqni yuzaga keltiradi», — dedi Keyn.

Shu tariqa, «Bavariya»ning yetakchi hujumchisi jamoaning joriy mavsumda Chempionlar ligasida yuqori natija qayd etish imkoniyatlariga ishonch bildirdi.

Kiritildi: 18:08, 13.10.2026.
O'qildi: 349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик