Kataloniyaning «Barselona» klubi mavsumni ajoyib boshladi. Jamoa Ispaniya chempionatida sakkizta, Chempionlar ligasida esa ikkita uchrashuvda g‘alaba qozondi.
Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida o‘zlariga tegishli rekordni takrorlashga ulgurishdi. Ushbu natija ilk bor 2013 yilda qayd etilgan. Endi navbatdagi uchrashuvda g‘alaba qozonilsa, jamoa nafaqat o‘z rekordini yangilaydi, balki Ispaniya chempionatining mutlaq rekordini ham takrorlaydi.
Ayni paytda ushbu rekord Madridning «Real» klubiga tegishli. Jamoa 1968/1969 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatining dastlabki to‘qqizta uchrashuvida ketma-ket g‘alaba qozongan.
Keyingi turda «Barselona» Sevilyaning «Betis» klubiga qarshi maydonga tushadi.













