Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoa yarim himoyachisi Pablo Barriosning rivojlanishi haqida fikr bildirdi.
"U kun sayin yaxshiroq va kuchliroq futbolchiga aylanib bormoqda. Uni har bir uchrashuvda 90 daqiqa maydonga tushirishdan mamnun bo‘lardim, ammo biz uni asrashimiz kerak", — deya Simeonening so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.
Chempionlar ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Barrios 60 daqiqa maydonda harakat qildi va jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi.
Joriy mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Atletiko" navbatdagi o‘yinini 17 oktyabr kuni "Espanyol"ga qarshi o‘tkazadi.













