Ispaniyalik sobiq hakam Pavel Fernandes "Manchester Siti" yarim himoyachisi Enso Fernandes Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi "PSJ"ga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatilishi kerak edi, degan fikrni bildirdi.
Argentinalik futbolchi bahs davomida bosh hakamni turtib yuborgan. Natijada uchrashuv referisi muvozanatni yo‘qotib, maydonga yiqilgan.
Sobiq hakam ushbu vaziyatga ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirib, Fernandesning harakati qizil kartochkaga loyiq ekanini ta’kidladi.
"Enso hakam Yablonskini turtib yubordi. Ha, hakam to‘p tomon harakatlanayotgan futbolchining yo‘lida turgan edi. Biroq Fernandes bu vaziyatdan foydalanib, unga nisbatan ataylab qo‘pol harakat qildi.
Bu — maydondan chetlatishga loyiq holat", — deb yozdi ekspert ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" va "PSJ" o‘rtasidagi uchrashuv Manchesterdagi "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bahsda "shaharliklar" Parij klubiga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.













