Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Olise Ispaniyaga ko‘chib o‘tishni ustuvor maqsad qilib oldi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olise kelajakda faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishni istamoqda. Fransiyalik futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri Madridning «Real» klubi hisoblanadi.

Bu haqda CF Bayern Insider jurnalisti Kristian Falk ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, «Bavariya» rahbariyati 24 yoshli futbolchi bilan yangi, moliyaviy jihatdan yaxshilangan shartnoma imzolash ishlarini jadallashtirmoqchi.

Biroq «Real» kabi Yevropaning yetakchi klublari tomonidan bildirilayotgan qiziqish myunxenliklar uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar o‘tgan yozdayoq Oliseni sotib olish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor bo‘lgan. Ammo «Bavariya» rahbariyati fransiyalik futbolchini sotilmaydigan o‘yinchilar qatoriga kiritib, uning transferiga ruxsat bermagan.

Falkning qo‘shimcha qilishicha, Angliyaning «Manchester Siti» klubi ham Olise uchun jozibador variant bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda fransiyalik vinger jahon futbolidagi eng kuchli hujumkor futbolchilardan biri sifatida baholanmoqda. Uning yuqori saviyadagi o‘yini Yevropaning bir qator grandlari e’tiborini tortayotgani aytilmoqda.

Olise joriy mavsumda «Bavariya» safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu tariqa, myunxenliklar o‘z yetakchisini uzoq muddatga jamoada olib qolishga harakat qilayotgan bir paytda, «Real» uning kelajakdagi ehtimoliy manzillaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 16:03, 15.10.2026.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик