«PSJ» hujumchisi Usman Dembele Chempionlar ligasining umumiy bosqichida «Manchester Siti» ustidan qozonilgan 4:2 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
«Bizning kuchimizga shubha qilishgani bizni umuman tashvishlantirmaydi. Hozir oktyabr, bu Chempionlar ligasidagi ikkinchi o‘yinimiz, biz esa diqqatimizni jamlagan holda davom etyapmiz. Mavsumning birinchi qismida o‘z yo‘nalishimizdan og‘ishmasligimiz, keyin esa ikkinchi qismga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerakligini bilamiz. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ikkinchi bo‘limda esa biroz qiyin bo‘ldi, sal bo‘shashib qoldik», — dedi Dembele.













