Chempionlar ligasining «Viking»ga qarshi o‘yinida «Bavariya» vingeri Maykl Olise maydondan chetlatildi. Fransiyalik futbolchi birinchi sariq kartochkani fol uchun, ikkinchisini esa to‘pni raqibga qarata uloqtirgani uchun oldi.
Nemis futboli afsonasi Lotar Matteus fransuzga nisbatan ishlatilgan provokasiya uchun Zlatko Tripichni ayblab o‘tirmadi:
— Albatta, raqiblar bunday futbolchini o‘yindan chiqarib yuborish uchun barcha mumkin bo‘lgan usullarni qo‘llashadi. Menimcha, Olise o‘zini provokasiyaga uchishga yo‘l qo‘ydi. Oxir-oqibat, u nafaqat o‘ziga zarar yetkazdi — eng avvalo, jamoani pandga qo‘ydi. Jarima kerakmi? Olise shundoq ham yetarlicha jazolandi va xatosini tushunib yetdi, — dedi Matteus Bild nashriga.
«Viking» va «Bavariya» uchrashuvi 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.













