Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK 2-0 Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Andijon
20/10 19:00 Neftchi 2-4 Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah 1-2 Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche 2-2 Slaviya
20/10 23:59 PSJ 4-2 Barselona
20/10 23:59 Liverpul 4-3 Vilyarreal
20/10 23:59 Shtutgart 1-1 Atletiko
20/10 23:59 Manchester Siti 5-1 AEK
20/10 23:59 Napoli 4-3 Bude-Glimt
20/10 23:59 Portu 0-1 PSV
20/10 23:59 Roma 4-0 Slovan
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Jurnalist 13 yoshli Messi haqidagi skautlik hisobotlarini e’lon qildi

Jurnalist 13 yoshli Messi haqidagi skautlik hisobotlarini e’lon qildi

Baho:
+4 | -

"France Football" jurnalisti Floran Torshyu 2000 yilda Lionel Messining “Barselona” akademiyasidagi ilk ko‘riklaridan so‘ng murabbiylar tomonidan tayyorlangan uchta hisobotni e’lon qildi. Ikki nafar mutaxassis argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni tavsiya qilgan bo‘lsa, uchinchisi uning bo‘yi va jismoniy ko‘rsatkichlari sababli bunga qarshi chiqqan.

O‘sha vaqtda Messi 13 yoshda bo‘lib, bo‘yi 142 santimetrni tashkil etgan. Birinchi murabbiy uning tengdoshlaridan texnik jihatdan ustunligini, shuningdek, maydonni ko‘ra bilishi, chaqqonligi, o‘yin intellekti, driblingi va zarba berish kuchini alohida ta’kidlagan.

Ikkinchi mutaxassis ham argentinalik futbolchining texnik mahoratini e’tirof etgan, biroq uning jismoniy imkoniyatlari cheklanganini jiddiy to‘siq deb hisoblagan.

«Uning texnik mahorati shubhasiz, ammo jismoniy imkoniyatlari juda cheklangan va bu unga raqobatlashishda xalaqit beradi. Menimcha, u bilan shartnoma imzolamaslik kerak. Uning rivojlanishini kuzatib borish va bir necha yildan keyin yana ko‘rikdan o‘tkazish lozim», — deb yozgan murabbiy.

Uchinchi hisobotda esa Messiga ancha yuqori baho berilgan.

«Barcha shubha va e’tirozlarga qaramay, u — yosh Maradona. Men u bilan shartnoma imzolagan bo‘lardim, chunki u ancha yuqori natijalarga erisha oladi. Uning qanday rivojlanishini ko‘ramiz», — deya qayd etgan mutaxassis.

Bir necha oy o‘tgach, “Barselona” baribir Messi bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik argentinalik futbolchi jahon futboli afsonasiga aylandi.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 22:18, 15.10.2026.
O'qildi: 2242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик