«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya chempionatining to‘qqizinchi turi doirasida «Betis»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqidagi kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ular o‘ziga ishonadi, so‘nggi o‘yinlarda, jumladan, Chempionlar ligasida ham g‘alaba qozonishdi. Chempionatda yaxshi o‘rinni egallab turishibdi. Ularning hujum chizig‘ida ajoyib futbolchilar bor va ular vaziyatlarni yakunlashda juda yaxshi harakat qilishadi. Biz juda yaxshi himoyalanishimiz kerak.
Bu eng kuchli jamoalardan biri. So‘nggi yillarda ularning qanchalik kuchaygani hayratlanarli. Manuel Pellegrini juda yaxshi ish olib bormoqda», — dedi Flik matbuot anjumanida.
«Betis» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv 17 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.













