2025 yilda ta’sis etilgan mukofot bekor qilinishi mumkin.
Janni Infantino tashabbusi bilan joriy etilgan va 2026 yilgi jahon chempionati qur’asi vaqtida AQSH prezidenti Donald Trampga topshirilgan «FIFA tinchlik mukofoti» bekor qilinishi mumkin.
Agar bu taklif zarur qo‘llab-quvvatlovga ega bo‘lsa, Tramp mazkur mukofot bilan taqdirlangan yagona inson bo‘lib qoladi.
Bu boradagi yakuniy qaror FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilinadi.













