Ispaniya La Ligasining 9-turi doirasida «Espanyol» o‘z maydonida Madridning «Atletiko» klubini qabul qildi.
Barselonadagi «Kornelya-El Prat» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona gol «Atletiko»ga uch ochko keltirdi. «Espanyol» esa o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi.
Bahsni 30 882 nafar muxlis stadiondan kuzatdi. Uchrashuvni Alexandro Ernandes boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.













