Kataloniyaning "Barselona" klubi yana bir bor yuqori sermahsullik namoyish etdi. Bu safar Sevilyaning "Betis" jamoasi kataloniyaliklar hujumlaridan jiddiy jabr ko‘rdi va o‘z darvozasidan beshta gol o‘tkazib yubordi.
Lamin Yamal ushbu uchrashuvda hisobni ochib, gol muallifiga aylandi. Shuningdek, u ikkinchi bo‘lim boshida jamoasining uchinchi goliga assistentlik qildi. Mazkur golni braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda ko‘pchilik tomonidan dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilayotgan "Barselona"ning yosh yulduzi joriy mavsumda Yevropada birinchi bo‘lib 10 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
E’tiborlisi, ushbu statistika faqat milliy chempionatlar emas, balki barcha musobaqalar doirasidagi uchrashuvlarni o‘z ichiga oladi.













