«Atalanta» hujumchisi Jakomo Raspadori UYEFA Konferensiyalar ligasi umumiy bosqichining 1-turi doirasida «Pafos»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda jarohat oldi. Mazkur bahs Italiya klubining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Atalanta» matbuot xizmatining xabar berishicha, 26 yoshli italiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida uning o‘ng oyog‘i son qismining ikki boshli mushagida yengil cho‘zilish aniqlangan.
Hujumchi allaqachon jarohatdan tiklanish jarayonini boshlagan.
Football Italia nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Raspadori kamida uch hafta davomida maydonga tusha olmaydi.
Jakomo joriy mavsumda klubi va Italiya terma jamoasi safida jami sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.













