Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Rasman: Nunu Mendesh «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Nunu Mendesh jarohat sababli bir necha haftaga safdan chiqdi. Bu haqda Fransiya chempioni o‘zining rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

Parij klubi matbuot xizmati portugaliyalik futbolchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot e’lon qildi.

«Nunu Mendesh «Strasbur»ga qarshi uchrashuvda chap sonidan jarohat oldi. Shu sababli u yaqin bir necha hafta davomida maydonga tusha olmaydi», — deyiladi klubning rasmiy xabarida.

Shu tariqa, portugaliyalik himoyachi «PSJ»ning 20 oktyabr, seshanba kuni «Barselona»ga qarshi o‘tkaziladigan Chempionlar ligasi 3-tur uchrashuvida aniq ishtirok etmaydi.

Bu yo‘qotish parijliklar uchun jiddiy muammo bo‘lishi mumkin. Chunki Mendesh jamoa himoya chizig‘ining muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Qayd etish joiz, Nunu Mendesh ayni paytda dunyodagi eng qimmatbaho chap qanot himoyachisi sanaladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» shanba kuni Fransiya chempionati doirasida «Strasbur» mehmoni bo‘lib, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Aynan shu uchrashuvda Nunu Mendesh jarohat olgan va endi bir necha hafta davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Kiritildi: 20:53, 18.10.2026.
O'qildi: 1267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик