"Lids" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin Angliya Premyer-ligasining 7-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazilgan va 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Angliyalik futbolchining ta’kidlashicha, uning jamoasi g‘alaba qozonish uchun yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lgan, biroq hal qiluvchi vaziyatlarda aniqlik yetishmagan.
"Hujumlarni yakunlashda bizga mahorat yetishmadi, ayniqsa, birinchi bo‘limda. To‘pni jarima maydonchasiga yaxshi yetkazib berdik, ammo u yerda futbolchilarimiz yetarli emas edi.
Ikkinchi bo‘limda hujumda yanada ishonchliroq harakat qilishga intildik.
O‘ylaymanki, bu uchrashuvda g‘alaba qozona olmaganimiz omadsizlik bo‘ldi", — dedi Kalvert-Lyuin Sky Sports nashriga.
Qayd etish joiz, mazkur uchrashuv haqida "Lids" bosh murabbiyi Daniel Farke ham o‘z fikrlarini bildirgan.
Ayni paytda "Lids" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.













