«Manchester Yunayted»ning barcha musobaqalar doirasidagi g‘alabasiz seriyasi ketma-ket oltita uchrashuvga yetdi.
Maykl Karrik boshchiligidagi mankunianliklar Angliya Premyer-ligasining 7-turida safarda «Lids»ga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang qayd etishdi.
Mazkur davr mobaynida Karrik shogirdlari uch marta mag‘lubiyatga uchradi va yana uchta bahsda durang o‘ynadi.
Umuman olganda, «Manchester Yunayted» joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuv o‘tkazib, atigi ikkita g‘alabaga erishgan.
Mankunianliklar «Ipsvich»ni 5:2, «Sabah»ni esa 4:0 hisobida mag‘lub etishgan.
Qolgan sakkizta uchrashuvda esa jamoa g‘alaba qozona olmagan.













