Daily Mail nashri «Manchester Siti» atrofidagi vaziyatga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi. Unda aytilishicha, Angliya Premyer-ligasi klubga nisbatan jazo chorasini apellyasiya bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilishidan oldin e’lon qilish niyatida. Chunki apellyasiya natijasi yanvar oyi oxirigacha ma’lum bo‘lishi dargumon.
Manbalar ta’kidlashicha, «Manchester Siti» uchun eng ehtimoliy jazo — jamoadan katta miqdorda ochko olib tashlash va yirik jarima qo‘llash.
Bu esa «shaharliklar»ning kamida bir mavsum davomida Angliyaning ikkinchi divizioni — Chempionshipda ishtirok etishiga olib kelishi mumkin.
Ochkolarning ko‘p miqdorda olib tashlanishi jamoaning Chempionshipda bir emas, bir necha mavsum o‘tkazishiga ham sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Shu bilan birga, «Manchester Siti» Angliyaning to‘rtinchi divizioni — Liga 2 ga tushirilmaydi.













