Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

Enrike: "Barselona" bizdan ham yaxshiroq o‘ynashi mumkin"

Enrike: "Barselona" bizdan ham yaxshiroq o‘ynashi mumkin"

Baho:
+ | -

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasida "Barselona"ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan jamoasining o‘yin rejasi haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, parijliklar kuchli raqibga qarshi ham o‘z uslubidan voz kechmaydi va to‘p nazorati orqali o‘yin tashabbusini qo‘lga olishga intiladi.

"Murabbiylik faoliyatim davomida biror marta ham to‘pni o‘z ixtiyorimiz bilan raqibga topshirishni xohlamaganman. Bunday jamoani mag‘lub etish uchun to‘pga egalik qilish kerak.

Biroq mavsum davomida siz kabi yoki hatto sizdan ham yaxshiroq o‘ynaydigan raqiblarga duch kelishingiz tabiiy.

Bunday vaziyatlarda o‘yinga moslashish va to‘pni imkon qadar tezroq qaytarib olish talab etiladi. Bu darajadagi uchrashuvlarda esa mazkur vazifani bajarish oson emas.

Maqsadimiz o‘zgarmaydi — pressingni yanada takomillashtirish va raqib maydonida hujumkor futbol namoyish etish", — dedi Enrike matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" va "Barselona" o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-tur uchrashuvi 20 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Bahs Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 22:54, 19.10.2026.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик