Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

"Aston Villa" yetakchilaridan biri bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

Baho:
+ | -

"Aston Villa" argentinalik yarim himoyachi Emiliano Buendia bilan hamkorlikni davom ettirishga yaqin turibdi. Tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga yetib kelishgan.

Mail Sport nashrining xabar berishicha, so‘nggi bir necha kun davomida o‘tkazilgan muzokaralarda sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan. Klub va 29 yoshli futbolchi kelishuv muddatini 2029 yil yozigacha uzaytirishga yaqin.

Buendianing amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida nihoyasiga yetadi. Yangi kelishuv imzolansa, argentinalik yarim himoyachi yana ikki mavsum davomida Birmingem klubi sharafini himoya qiladi.

So‘nggi bir yil Buendia uchun muhim davr bo‘ldi. Futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini qayta qo‘lga kiritib, bosh murabbiy Unai Emerining ishonchini qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayniqsa, joriy mavsumdagi barqaror o‘yinlari uning jamoadagi mavqeini yanada mustahkamladi. Argentinalik futbolchi "Aston Villa"ning Premyer-ligadagi barcha uchrashuvlarini asosiy tarkibda boshlagan.

Buendianing muvaffaqiyatli harakatlari klub rahbariyatini u bilan uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirishga undagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy kechmoqda va yaqin orada yangi shartnoma bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilishi mumkin.

Kiritildi: 10:05, 20.10.2026.
O'qildi: 563 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик