Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronalduga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazoga munosabat bildirdi.
41 yoshli futbolchi Portugaliya milliy terma jamoasi qarorgohini ruxsatsiz tark etgani uchun pul jarimasiga tortilgan edi.
«Krishtianu, jarimani to‘lashda yordam bera olaman», — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduga 255 yevro miqdorida jarima belgilangan. Shuningdek, tajribali hujumchi bir oyga diskvalifikasiya qilingan.
Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi safida 234 ta uchrashuv o‘tkazib, 146 ta gol urgan.













