Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Lotar Matteus 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofotiga kim munosib ekani haqida o‘z fikrini bildirdi.
Nemis futbol afsonasining fikricha, ushbu nufuzli sovringa asosiy da’vogarlar sifatida «Bavariya»ning ikki futbolchisi — Xarri Keyn va Maykl Oliseni ajratib ko‘rsatish mumkin.
«Agar o‘tgan mavsumni baholaydigan bo‘lsak, xayolimga faqat ikkita ism keladi. Men Xarri Keyn va Maykl Oliseni nazarda tutyapman.
Bu ularning «Bavariya»da o‘ynayotgani uchun emas. Har ikki futbolchi ham juda yuqori saviyada o‘yin namoyish etdi.
Ha, Yamal jahon chempionatida g‘olib chiqdi, ammo u qandaydir alohida yorqin o‘yin ko‘rsatmadi. Mbappeda esa umuman birorta ham sovrin yo‘q», — deya Matteusning so‘zlarini keltiradi Sport1.de nashri.
2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofotini topshirish tantanali marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mazkur nufuzli mukofotni «Pari Sen-Jermen» vingeri Usman Dembele qo‘lga kiritgan edi.













