«Galatasaroy»ning sobiq hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini davom ettirish uchun yangi jamoa izlamoqda.
TyC Sports nashrining xabar berishicha, 33 yoshli argentinalik futbolchiga Yevropaning birdaniga yettita klubi qiziqish bildirmoqda.
Ular orasida Angliya Premyer-ligasi vakillari — «Tottenxem» va «Everton» ham bor.
Shuningdek, Ikardi Gresiyaning PAOK, Ispaniyaning «Elche» va «Betis», Turkiyaning «Beshiktosh» hamda Portugaliyaning «Benfika» klublari transfer ro‘yxatiga kiritilgan.
Yevropa jamoalaridan tashqari, Braziliyaning «Atletiko Mineyro» va «San-Paulu» klublari ham hujumchini o‘z safida ko‘rishga qarshi emas. Har ikki jamoa futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Mauro Ikardi o‘tgan yozda «Galatasaroy»ni tark etgan edi.
Argentinalik hujumchi o‘tgan mavsumda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













