Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
22/10 18:30 Bunyodkor - Mash’al
23/10 19:00 Paxtakor - Neftchi
23/10 19:00 Buxoro - Surxon
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

«Uch yil avval buni tasavvur ham qilolmasdik» — Fabregas «MYU»ga qarshi o‘yin haqida

«Uch yil avval buni tasavvur ham qilolmasdik» — Fabregas «MYU»ga qarshi o‘yin haqida

Baho:
+ | -

«Komo» bosh murabbiyi Fransesk Fabregas Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Mazkur bahs 21 oktyabr kuni Italiya klubining uy stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Manchester Yunayted» — ajoyib jamoa. Atigi uch yil avval, biz B Seriyada ishtirok etayotgan paytimizda, «Manchester Yunayted»ning «Sinigalya» stadionimizga kelishi mumkinligini hatto tasavvur ham qilolmasdik.

Ammo chorshanba kuni aynan shu voqea sodir bo‘ladi. Bu biz uchun orzuning ro‘yobga chiqishidir. Biz o‘z imkoniyatimizdan foydalanishga harakat qilamiz.

Bunday ajoyib uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish juda yoqimli. Biroq biz bir daqiqaga ham A Seriya o‘zimiz uchun eng muhim musobaqa ekanini unutmasligimiz kerak.

Har bir kun rivojlanishimiz yo‘lidagi muhim qadamdir. Biz yangi klubmiz. Bu bilan tariximiz yo‘q demoqchi emasman, balki uch yil avval hammasini noldan boshlaganimizni nazarda tutyapman.

Shu sababli turli vazifalarni hal qilishda juda ehtiyotkorlik bilan yondashishimiz kerak», — dedi Fransesk Fabregas.

Kiritildi: 12:30, 20.10.2026.
O'qildi: 485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик