Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Teo Ernandesning sevgilisi: «Saudiya Arabistonida yashayotganimdan baxtiyorman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Al-Hilol» himoyachisi Teo Ernandesning sevgilisi Zoi Kristofoli Fransiyada yuz berayotgan ommaviy tartibsizliklarga keskin munosabat bildirdi.

«Men Saudiya Arabistonida yashayotganimdan baxtiyorman. Bu yerda birovning mol-mulkini o‘g‘irlasang, qo‘lingni kesib tashlashadi. Agar kimgadir qasddan zarar yetkazsang, seni ham xuddi shunday oqibat kutishini bilasan.

Avvaliga buni haddan tashqari shafqatsizlik deb o‘ylardim. Endi esa ayrim hayvonsifat kimsalarni tinchlantirishning boshqa yo‘li yo‘q, deb hisoblayman. Bunday jirkanch mavjudotlarga nisbatan hech qanday yengillashtiruvchi holat bo‘lmasligi kerak. Shunchaki haydab yuborish lozim.

Men irqchi emasman va hech qachon irqchi bo‘lmayman. Ammo hozir Italiya, Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida kuzatilayotgan zo‘ravonliklar hamda to‘qnashuvlar tasvirlarini ko‘rib, bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarni shunchaki izohlash bilan cheklanish juda oson, deb o‘ylayman.

Zo‘ravonlikni hech qachon oqlab bo‘lmaydi.

Biroq faqat oqibatlarga e’tibor qaratish o‘rniga, ehtimol, o‘zimizga savol berishga jur’at topishimiz kerakdir: biz qanday qilib shu ahvolga kelib qoldik? Nima noto‘g‘ri ketdi? Ko‘p yillar davomida nimalarni yetarlicha baholamadik? Nega ayrim vaziyatlarni nazorat qilish shu qadar qiyinlashdi?» — dedi Kristofoli.

17 oktyabr kuni Fransiyada yashash xarajatlarining oshishi va ta’lim tizimidagi muammolarga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatning bir qator shaharlarida norozilik aksiyalari polisiya bilan to‘qnashuvlar va tartibsizliklarga aylanib ketdi.

Fransiya rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida ikki mingdan ortiq kishi qo‘lga olingan.

Kiritildi: 12:35, 20.10.2026.
O'qildi: 837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик