Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Liverpul» va «Tottenxem» sobiq futbolchisi murabbiylik sohasida ish topishda qiynalmoqda

Baho:
+ | -

«Tottenxem», «Liverpul» va Angliya milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Stiven Koker ish topishda duch kelayotgan qiyinchiliklari haqida ijtimoiy tarmoqda post e’lon qildi.

2025 yilning dekabr oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan 34 yoshli angliyalik mutaxassis ayni paytda murabbiy sifatida ish topishga harakat qilmoqda. Biroq hozircha unga hech qanday taklif kelib tushmagan.

«Ishsiz bo‘lish — bu stress. Barcha zarur malakaga ega bo‘lgan ish o‘rinlariga ariza topshirib, hatto suhbatga ham taklif olmaslik og‘riqli. Ammo bu vahimaga tushishim kerakligini anglatmaydi.

Uolt Disneyga 300 martadan ortiq rad javobi berilgan. Rad etilish aksariyat insonlar hayotining bir qismidir.

Men uchun eng qiyini — maqsadlarimga mos kelmaydigan ish takliflarini rad etish», — deb yozdi Koker.

Sobiq futbolchi kun tartibiga rioya qilish va ertalabki yugurish mashg‘ulotlari unga xotirjamlikni saqlashda yordam berayotganini ham qo‘shimcha qildi.

Koker faoliyati davomida «Tottenxem», «Suonsi», «Kardiff», «KPR» va «Liverpul» klublari safida Angliya Premyer-ligasining 120 tadan ortiq uchrashuvida maydonga tushgan.

Shuningdek, u 2012 yilda Angliya milliy terma jamoasi tarkibida bitta o‘yin o‘tkazib, Shvesiya darvozasiga gol urgan.

So‘nggi yillarda Koker Turkiyaning «Konyaspor» klubida murabbiy yordamchisi sifatida ishlagan. U 2026 yilning sentyabr oyida mazkur jamoani tark etgan.

Kiritildi: 12:41, 20.10.2026.
O'qildi: 722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик