Bugun UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" va Gresiyaning AYEK klubi o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Jamoalarning mazkur bahs uchun boshlang‘ich tarkiblari e’lon qilindi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning asosiy tarkibidan joy oldi.
"Manchester Siti"ning asosiy tarkibi:
Donnarumma, Lyuis, Diash, Abduqodir Husanov, Gvardiol, Anderson, Fernandes, Allan Elias, Sherki, Foden, Samba.
AYEKning asosiy tarkibi:
Brinyoli, Rota, Mukudi, Relvas, Pilo, Mayer, Arriaga, Marin, Joau Mariu, Varga, Yovich.













