Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi futbolchisi Jorj Mikautadze tomonidan Angliyaning «Liverpul» jamoasi darvozasiga 3-daqiqa 54-soniyada kiritilgan gol «qizillar»ning yirik Yevropa musobaqalari doirasida o‘z maydonida o‘tkazib yuborgan gollari orasida tezligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bundan ham tezroq golni faqat Elpidio Silva urgan. U 2001 yil sentyabr oyida UYEFA Chempionlar ligasi doirasida «Boavishta» safida o‘ynab, uchrashuvning 3-daqiqasida «Liverpul» darvozasini ishg‘ol qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvni o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlaganiga qaramay, «Liverpul» o‘yin borishini o‘zgartirishga va 4:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Chempionlar ligasi guruh bosqichining navbatdagi, 4-turida «Liverpul» Turkiyaning «Fenerbaxche» klubiga qarshi maydonga tushadi.













