Madridning "Atletiko" klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichida Germaniyaning "Shtutgart" jamoasiga qarshi safar uchrashuvida 1:1 hisobida durang o‘ynadi. "Matraschilar" safidagi yagona golni argentinalik hujumchi Xulian Alvares urdi.
Ispaniya klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchining golli harakatiga izoh berdi.
"Xulian juda katta hajmdagi ishni bajardi, u chap qanotda o‘zini ajoyib ko‘rsatdi. Alvares chiroyli gol urdi, men u uchun xursandman. Oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun bizga bu futbolchi kerak", — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Marca.
To‘rtinchi turda "Atletiko" o‘z maydonida Myunxenning "Bavariya" klubini qabul qiladi.













