Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Yozua Kimmix jamoaga Chempionlar ligasidagi "Arsenal"ga qarshi bo‘lajak uchrashuvda yordam bera olmaydi.
"Bavariya" matbuot xizmati xabar berishicha, Kimmixning oilasida katta qayg‘u yuz bergan — futbolchining yaqin qarindoshlaridan biri vafot etgan. Shu sababli 31 yoshli germaniyalik futbolchi "Arsenal"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uy uchrashuvida ishtirok etmaydi.
UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turidan o‘rin olgan "Bavariya" va "Arsenal" o‘rtasidagi bahs 21 oktyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da chalinishi kutilmoqda.













