Jurnalist Jota Jordi Ispaniya chempionati doirasida bo‘lib o‘tadigan "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuv haqidagi kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi. U "El-klasiko" uchun o‘z taxminini bildirdi.
"Real" ikki marta gol ura oladi. Ularning jamoasida yaxshi futbolchilar ko‘p. Biroq "Barselona" bunga javoban oltita gol urishi mumkin. Menimcha, "ko‘k-anorranglilar" 6:2 hisobida g‘alaba qozonadi", — deb jurnalistning so‘zlarini keltirmoqda El Chiringuito TV akkaunti.
"Barselona" va "Real" o‘rtasidagi uchrashuv 25 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin oldidan "ko‘k-anorranglilar" La Liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda, Joze Mourinyu shogirdlari esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi.













