«Manchester Yunayted» «Bornmut» va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Adriyen Tryufferni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The i Paper nashri xabar bermoqda.
24 yoshli futbolchi «Bornmut» safidagi o‘yinlari bilan manchesterliklar e’tiborini tortdi. Ushbu muvaffaqiyatli harakatlari tufayli Tryuffer Fransiya terma jamoasiga yana taklif oldi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» rahbariyati chap qanot himoyachisi pozisiyasiga munosib yangi futbolchi jalb qilinmaganini tarkibni shakllantirishdagi kamchilik sifatida tan olgan.
Manchesterliklarning ushbu pozisiya uchun asosiy transfer maqsadi «Nyukasl» himoyachisi Lyuis Xoll hisoblanadi. Biroq bozor qiymati 30 million yevroga baholanayotgan Tryuffer ham nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.
Fransiyalik futbolchining «Bornmut» bilan shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.













