Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Vinisius Juniorning o‘rniga unga o‘xshash boshqa odam o‘ynayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda haqiqiy Vinisius vafot etgani, uning o‘rniga esa "Real" safida unga o‘xshash boshqa inson o‘ynayotgani haqidagi hazil keng tarqalgan edi. Hatto buni isbotlash uchun turli fotosuratlar ham keltirilgan.
"Albatta, yo‘q, bu haqiqiy Vinisius. Odamlar shunchaki fotoshop yordamida uning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishmoqda. Kimdir doimo nimanidir o‘ylab topadi va bu bir zumda virusdek tarqalib ketadi", — deya Kurtuaning so‘zlarini Madrid Zone nashri keltirmoqda.
Joriy mavsumda Vinisiusning ishonchsiz o‘yini ko‘pchilikning tanqidiga sabab bo‘lmoqda. Joze Mourino qo‘l ostida braziliyalik futbolchi "Real" safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, faqat bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.













