Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Aichi–Nagoya-2026: o‘zbekistonlik parasportchilar musobaqaning uchinchi kunida 31 ta medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Yaponiyaning Aichi–Nagoya shahrida bo‘lib o‘tayotgan para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda. Musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlar yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar paraveloshosse, parayengil atletika, paradzyudo, parapauerlifting, parataekvondo va parasuzish yo‘nalishlarida jami 31 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bugungi kun bahslari o‘zbekistonliklar uchun chinakam rekordlarga boy bo‘ldi. parapauerlifting bo‘yicha 73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ro‘za Qo‘ziyeva 152 kg natija bilan Jahon rekordini o‘rnatib, chempionlikni tantana qildi. parasuzuvchi Yegor Bolotov esa (S13 klassi, 100 m chalqancha) 58,43 soniya natija qayd etib, Osiyo rekordini yangiladi. Shuningdek, Doston Qahhorov (T36, 400 m yugurish, 54,42 s), Boburjon Omonov (F41, yadro uloqtirish, 13,07 m) va Qudratilloxon Marufxo‘jayev (F37, disk uloqtirish, 57,39 m) o‘z yo‘nalishlarida paraOsiyo o‘yinlari rekordlarini o‘rnatishdi.

O‘zbekistonliklar o‘rtasidagi raqobatlar ham qiziqarli kechdi. paraveloshosseda ayollar o‘rtasidagi (T1–2) vaqt poygasida Marjona Pardaboyeva va Odina Hamdamova marraga ketma-ket yetib kelib, oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritishdi. Xuddi shunday holat T37 klassida uzunlikka sakrash bahslarida ham kuzatilib, Sabina Suxanova kumush, Shahina Azimova esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston sportchilarining bugungi medallari ro‘yxati:

Oltin medal:

  • Marjona Pardaboyeva (para veloshosse, T1–2 klassi, vaqt poygasi) — 25:58.04;

  • Dovurxon Karomatov (para dzyudo, J2 klassi, -95 kg);

  • Bekzod Jamilov (para pauerlifting, erkaklar, 80 kg) — 229 kg;

  • Ruxshona O‘ktamova (para pauerlifting, ayollar, 67 kg) — 127 kg;

  • Doston Qahhorov (para yengil atletika, T36 klassi, 400 metr) — 54,42 soniya (Para Osiyo o‘yinlari rekordi);

  • Guljanoy Naimova (para taekvondo, ayollar, +65 kg);

  • Ro‘za Qo‘ziyeva (para pauerlifting, ayollar, 73 kg) — 152 kg (Jahon rekordi);

  • Boburjon Omonov (para yengil atletika, F41 klassi, yadro uloqtirish) — 13,07 metr (Para Osiyo o‘yinlari rekordi);

  • Muslima Odilova (para suzish, S13 klassi, 100 m chalqancha) — 1:12.99;

  • Yegor Bolotov (para suzish, S13 klassi, 100 m chalqancha) — 58,43 soniya (Osiyo rekordi);

  • Qudratilloxon Marufxo‘jayev (para yengil atletika, F37 klassi, disk uloqtirish) — 57,39 metr (Para Osiyo o‘yinlari rekordi).

Kumush medal:

  • Odina Hamdamova (para veloshosse, T1–2 klassi, vaqt poygasi) — 31:36.76;

  • Mohigul Sharobidinova (para yengil atletika, F56/57 klassi, disk uloqtirish) — 25,12 metr;

  • Mohinur Parmonova (para dzyudo, J2 klassi, +70 kg);

  • Robiyaxon Toshpo‘latova va Olga Zabelinskaya (para velosport, B klassi tandem vaqt poygasi) — 32:45.82;

  • Bunyod Hayitmahammadov (para velosport, C1–C5 klassi, vaqtga qarshi poyga) — 25:39.46;

  • Islomjon To‘xtaboyev (para dzyudo, J1 klassi, +95 kg);

  • Umarjon Mo‘ydinov (para taekvondo, erkaklar, +80 kg);

  • Sabina Suxanova (para yengil atletika, T37 klassi, uzunlikka sakrash) — 4,39 metr.

Bronza medal:

  • Jahongir Xalilov (para veloshosse, T1–2 klassi, vaqt poygasi) — 20:56.10;

  • Botir Muhammedov (para yengil atletika, T13 klassi, uzunlikka sakrash) — 6,24 metr;

  • Temurbek G‘iyosov (para yengil atletika, T64 klassi, balandlikka sakrash) — 1,86 metr;

  • Xabiba Jo‘rayeva (para dzyudo, J2 klassi, +70 kg);

  • Feruza Ergasheva (para dzyudo, J1 klassi, +70 kg);

  • Karomat Qosimova (para taekvondo, ayollar, +65 kg);

  • Otabek Amatov (para taekvondo, erkaklar, -80 kg);

  • Dias Mirmanov (para suzish, S9 klassi, 400 m erkin suzish) — 4:32.18;

  • Qudratoy Toshpo‘latova (para pauerlifting, ayollar, 73 kg) — 130 kg;

  • Asadbek Toshtemirov (para taekvondo, erkaklar, +80 kg);

  • Shahina Azimova (para yengil atletika, T37 klassi, uzunlikka sakrash) — 4,12 metr;

  • Asila Mirzayorova (para yengil atletika, T11 klassi, 100 m yugurish) — 12,73 soniya.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Para Osiyo o‘yinlarining bugungi kunida 11 ta oltin, 8 ta kumush va 12 ta bronza, jami 31 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, delegasiyaning umumiy medallari soni 88 taga yetdi. O‘zbekiston umumiy medallar jadvalida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:38, 21.10.2026.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик