"Manchester Yunayted" yevrokuboklarda ketma-ket ikkita uchrashuvning dastlabki ikki daqiqasida gol o‘tkazib yuborgan Angliya Premyer-ligasi tarixidagi ilk klubga aylandi.
Bugun Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "Komo"ga qarshi o‘yinda (0:2, ikkinchi bo‘lim) manchesterliklar 2-daqiqada gol o‘tkazib yuborishdi. Uchrashuvdagi hisobni Niko Pas ochdi.
Musobaqaning avvalgi turida "Atletiko"ga qarshi bahsda (0:2) esa "qizil iblislar" birinchi daqiqadayoq o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishgan edi.
Shu tariqa, "Manchester Yunayted" yevrokuboklar tarixida ketma-ket ikkita o‘yinning dastlabki ikki daqiqasida gol o‘tkazib yuborgan APLning birinchi jamoasi bo‘ldi.













