Keyn Chempionlar ligasi doirasida Londonning «Arsenal» klubiga qarshi kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
33 yoshli hujumchi dastlab Alfonso Devisga golli uzatma berdi, keyin esa penaltini aniq amalga oshirdi.
«Keyn shunchaki futbol o‘ynamaydi — u maydonda fikrlaydi. Bu yigitning o‘ziga xos jihatlari bor.
U vaziyatni tahlil qiladi va jamoa manfaati uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni bajarishga tayyor. U — ajoyib futbolchi. Unda hamma narsa bor, gap faqat gol urish mahorati haqida emas. Uning aqli ham bor», — dedi «Arsenal» afsonasi CBS Sports telekanali studiyasida.













