Ispaniyalik jurnalist va radioboshlovchi Manuel Lama Chempionlar ligasida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyat (2:4)dan so‘ng «Barselona»ning musobaqadagi istiqbollari haqida fikr bildirdi.
«Men hamon shunday hisoblayman: agar jamoa to‘p nazoratini yo‘qotsa va himoyada yomon harakat qilsa, Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi imkonsiz. Bu haqda bir necha yildan beri gapirib kelaman.
Gap “Rayo Valyekano” yoki “Osasuna”ga qarshi o‘yinlar haqida emas. Bunday holatlar hal qiluvchi pallalarda sodir bo‘ladi. Agar Joan Garsiya bo‘lmaganida, “Barselona” “PSJ”dan sakkizta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lardi», — deya Lamaning so‘zlarini keltiradi Barça Universal nashri.
Uch turdan keyin «Barselona» Chempionlar ligasi turnir jadvalida olti ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. Hans-Diter Flik shogirdlari keyingi turda o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi.













