Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Pol Merson «Manchester Yunayted»ning hozirgi holati haqida fikr bildirib, jamoani o‘tmishdagi muvaffaqiyatlari asosida baholashni to‘xtatishga chaqirdi.
«Qizil iblislar» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Komo»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, manchesterliklarning g‘alabasiz seriyasi yettita uchrashuvga yetdi.
«Manchester Yunayted»ning yana bir muammosi shundaki, biz hali ham Runi, Ronaldu, Kerrik va ularga o‘xshagan futbolchilar davrida yashayotgandekmiz. Biz klubning nomiga haddan tashqari bog‘lanib qolganmiz.
«Manchester Yunayted» dunyoning eng buyuk klublaridan biri, ammo hozir u dunyoning eng buyuk jamoalaridan biri emas. Ular bunday darajadan ancha uzoqda.
Muammo ham shunda. Hamma jamoani tarkibida superyulduzlar o‘ynagan davr bilan taqqoslab baholamoqda.
Ammo hozirgi vaziyat butunlay boshqacha. Bu meni hayratlantirmayapti. Futbolchilarga qaraganimda, «Voy, qanday kutilmagan holat! Ularning bunday ahvolga tushib qolganiga ishonolmayman», deb o‘ylamayman.
O‘tgan dam olish kunlari ularning «Lids»ni mag‘lub etishini kutmagandim. Umuman kutmagandim. «Komo» ustidan ham g‘alaba qozonishlariga ishonmagandim. Hozirgi vaziyat mana shunday», — dedi Merson.













