"Manchester Yunayted" futbolchilari Chempionlar ligasida "Komo"dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng bir kunlik dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Maykl Kerrik boshchiligidagi jamoa chorshanba kuni Italiya klubiga qarshi safar uchrashuvida 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, muxlislarining hafsalasini pir qildi.
ESPN nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, "qizil iblislar"ning asosiy tarkib futbolchilari payshanba kuni mashg‘ulotlardan ozod qilingan.
Jamoa mashg‘ulotlarni 23 oktyabr, juma kuni qayta boshlaydi. Manbaning ta’kidlashicha, futbolchilarga dam berish qarori ularning jismoniy holatini tiklash maqsadida qabul qilingan.
"Manchester Yunayted" navbatdagi uchrashuvini 25 oktyabr, yakshanba kuni Angliya Premyer-ligasi doirasida "Bornmut"ga qarshi o‘tkazadi.
Ayni paytda manchesterliklar Angliya chempionati turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.













