Superliganing 25-turida muxlislar navbatdagi bor o‘zbek klassikosiga guvoh bo‘lishadi.
Jamoalar chempionatlar tarixida 63 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 31 g‘alaba, 10 durang va 22 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 104 to‘p kiritgan "Sherlar" 71 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Toshkentdagi bellashuvlarning 22tasida "Paxtakor" ustun kelgan bo‘lsa, 6 bahsda farg‘onaliklar g‘alaba qozongan. Uch o‘yin durang bilan tugagan.
"Paxtakor" uydagi to‘qnashuvlarda 61 gol urgan holda 18 to‘p o‘tkazib yuborgan. "Paxtakor" 11 bor raqibni yirik natija bilan dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.
"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi.
"Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasidagi to‘qnashuv 23 oktyabr, juma kuni "Paxtakor" stadionida soat 19:00da boshlanadi.













