Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

"Arsenal" yetakchisining jarohati jiddiy bo‘lib chiqishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi vingeri Bukayo Saka jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin.

Now Arsenal nashrining xabar berishicha, angliyalik futbolchi tibbiy tekshiruvdan o‘tgan, biroq uning jarohati bo‘yicha hozircha aniq tashxis qo‘yilmagan.

Manba tiklanish muddati jarohatning og‘irlik darajasiga bog‘liq ekanini ta’kidlamoqda. Agar Sakada birinchi darajali pay cho‘zilishi aniqlansa, u taxminan ikki hafta maydonga tushmaydi.

Ikkinchi darajali uzilish tashxisi qo‘yilgan taqdirda esa futbolchining safga qaytishi Rojdestvo bayramigacha kechikishi mumkin.

Uchinchi darajali uzilish ehtimoli nisbatan past baholanmoqda. Chunki Saka uchrashuv paytida jarohat olganiga qaramay, maydonni qo‘ltiqtayoqlarsiz, mustaqil ravishda tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" hujumchisi Chempionlar ligasining "Bavariya"ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvida jarohatlangan edi.

Birinchi bo‘limda to‘pga intilib, zarba berishga uringan futbolchi shundan so‘ng o‘yinni davom ettira olmagan.

Hozircha Sakaning maydonga qaytish muddati bo‘yicha yakuniy ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 09:57, 23.10.2026.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик